So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

12 avg 19:24
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudochimiz Gulnoza Matniyazovaga uy sovg'a qilindi FOTOGALEREYA

Yurtimiz sportchilari jahon va Osiyo chempionatlari, Olimpiada hamda nufuzli xalqaro musobaqalarda olamshumul g'alabalarni qo'lga kiritmoqda.

SHubhasiz, ushbu yutuqlari bilan o'zbek sporti dovrug'ini dunyoga yanada tanitishyapti.  Bundan esa faxrlansak, g'ururlansak arziydi. Albatta, sportchilarimizning bu muvaffaqiyati beetibor qolmayapti. Ular hukumatimiz tomonidan munosib tarzda rag'batlantirilmoqda, hurmat va ehtirom ko'rsatilayotir. 

Bugun Urganch shahridagi “Yoshlar markazi”da bo'lib o'tgan tantanali marosimda ham ushbu yoqimli anana davom etdi. Unda dzyudo bo'yicha mamlakatimizning eng tajribali va sovrindor sportchisi Gulnoza Matniyazova munosib taqdirlandi.

Tadbirda qatnashgan Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar, uning mazmun va mohiyati haqida to'xtalar ekan, sportchilarimiz erishayotgan natijalarni faxr bilan tilga oldi. 

Xalqaro sport arenalarida yurtimiz sharafini ulug'layotgan sportchi qiz, 2016 yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tkazilgan Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi, ko'plab xalqaro turnirlar g'olib va sovrindori Gulnozaning mahoratini etirof etib, unga viloyat hokimligining tashakkurnomasi hamda Urganch shahridan ikki xonali uyning kalitini topshirdi.

Aytish joizki, bu O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi oldidan yurtimizning nomdor dzyudochisi uchun kutilmagan, o'ziga xos sovg'a bo'ldi.

O'z navbatida Gulnoza Matniyazova so'zga chiqib, hukumatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan g'amxo'rliklarga minnatdorlik bildirar ekan, bunga javoban yangi-yangi marralarni zabt etish, shuning barobarida davlatimiz bayrog'ini ko'klarga ko'tarishga astoydil harakat qilishini aytdi. 

Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing