So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

15 may 07:41
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudochimizlarimiz Ozarbayjonda 35 davlat orasida birinchi bo'lishdi

Ozarbayjonning Boku shahrida paralimpiya dzyudosi bo'yicha Gran pri turkumiga kiruvchi turnir yakunlandi.

Dunyoning 35 davlatidan 212 nafar para dzyudochi ishtirok etgan nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari ham munosib tarzda yurtimiz sharafini himoya qilishdi. 

Ikkinchi kungi bahslarda 4 dzyudochimiz tatamiga chiqqan bo'lsa, ulardan 3 nafari sovrindorlar safidan joy oldi. Erkaklar o'rtasidagi +100 kg vazn toifasidagi bahslarda tatamiga chiqqan SHirin SHaripov barcha raqiblarini mag'lub etib, oltin medalni qo'lga kiritdi. 

Ayollar o'rtasida -63 kg vazndagi bellashuvlarda o'z mahoratini namoyish etgan Nafisa SHeripboeva ham shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. -70 kg vazn toifasidagi vakilamiz Vasila Aliboeva esa bronza medali bilan taqdirlandi. -100 kg vaznda ishtirok etgan London-2012 Paralimpiya o'yinlari kumush medali sovrindori SHarif Halilov ilk uchrashuvdayoq ozarbayjonlik Kanan Abdullaxanliga yutqazib qo'ydi.

SHu tariqa, 4 ta oltin, 4 ta bronza medalini qo'lga kiritgan O'zbekiston terma jamoasi 35 davlat orasida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Mezbonlar Ozarbayjon terma jamoasi 3 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni band etishdi. Kuchli uchlikka 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan Ukraina dzyudochilari yakun yasashdi.  

Dzyudochilarimizning so'nggi kun natijalari:

+100 kg vazn toifasi

1. SHirin SHaripov (O'zbekiston)

2. Muhammadrizo Xeyrollahzoda (Eron)

3. Revaz CHikoidze (Gruziya)

3. Kento Masaki (Yaponiya)


-63 kg vazn toifasi

1. Nafisa SHeripboeva (O'zbekiston)

2. Olga Pozdnisheva (Rossiya)

3. Xanim Xuseynova (Ozarbayjon)

3. YU E Vang (Xitoy)


-70 kg vazn toifasi

1. Fabiola Ruvalkaba Alvares (Meksika)

2. Alana Martins (Braziliya)

3. Vasila Aliboeva (O'zbekiston)

3. Olga Zabrodskaya (Rossiya)

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing