So’nggi yangiliklar

19:34Арманистон. Музаффаров финалга йўл олди, Холдаровда эса... 0 18:30Расман: “Барселона” Адейеми трансферини эълон қилди 0 17:49Арман Царукян навбатдаги жангини Чарльз Оливейрага қарши ўтказади — манба 0 17:04Эркин курашчиларимиз Туркиядаги халқаро турнирда қатнашади, Разамбек ҳам таркибда 0 16:17Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги санаси маълум бўлди 0 15:36Возинья, Кукурелья, Олисе, Мбаппе, Месси… ФИФА ЖЧ-2026 рамзий терма жамоасини эълон қилди 0 15:01Магомед Анкалаев Богдан Гусков билан жангни «машғулот» деб атади 0 14:33Осиё чемпионати. Синхрон сузиш баҳсларида 2 та олтин медал қўлга киритилди 0 13:58Бивол Бетербиевга қарши жанг учун WBO чемпионлик камарини бўшатиши мумкин 0 13:27Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Осиё Ўйинларида қийин гуруҳдан жой олди 0 12:48Богдан Гусков Анкалаев билан жанг тўғрисида: "Бу мен учун навбатдаги имтиҳон" 0 12:05Ганбол бўйича аёллар термамизнинг Осиё ўйинларидаги рақиблари аниқланди 0 11:27Анкалаев Гусков билан жанги ҳақида: «У барчасини тушуниб етади» 0 10:59Осиё ўйинлари-2026. Ўзбекистоннинг гуруҳдаги рақиблари маълум бўлди 0 10:36Нурсултон Рўзибоев: "Ишга келдик яна" (ФОТО) 0

17 dek 12:39
Yangiliklar

Boks/MMA

Eddi Hirn: "Ahmadaliev Inoeuni mag'lub etishiga uyimni tikaman"

Teglar :  Murodjon Ahmadaliev
Prof boksning ikkinchi eng engil vazn toifasida o'zbekistonlik sobiq Jahon chempioni Murodjon Ahmadalievning promouteri Eddi Xirn ushbu vazndagi yaponiyalik mutlaq chempion Naoya Inoue bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.

"WBA bu jangga ikki marta buyruq berdi. Birinchi safar ular Murodjondan qochish uchun pul to'lashdi. Ikkinchisida ham zo'rg'a ro'yxatdan o'tishgandi. Ular Ahmadaliev bilan jang qilishlari kerak edi. Ular bu safar ham undan qochish uchun yo'l topdi. Naoya Inoue - vaznning afsonasi. Biz uni hurmat qilamiz. U aql bovar qilmaydigan jangchi. Ammo unda bir narsa yo'q. Bu O'zbek kuchidir.

Ahmadaliev Naoya Inoueni mag'lub qiladi. Unda barcha qobiliyatlar bor. Biz uni Yaponiyada mag'lub etamiz. Ular mutlaq chempionlik uchun jang qilishlari kerak edi. Bundan tashqari, Murodjon Tapalesga mag'lubiyatga uchragani elon qilinganida, bizning fikrimizcha, aslida mag'lubiyatga loyiq emasdik. "Yo'q, Inoue hech kimdan qo'rqmaydi" deydiganlar ham bor. Ehtimol, Inoue qo'rqmas, lekin uning jamoasi qo'rqadi, chunki boksdagi deyarli hamma Ahmadaliev qanchalik yaxshi ekanligini biladi. Bu divizondagi yagona katta ahamiyatli jang. Men Murodjon Naoyani engishiga o'z uyimni tikaman. Bundan tashqari, ular Murodjon bilan umuman jang qilmasligiga ham tikaman. Gudman bilan jangdan keyin u rozi bo'lishi yoki kamarni vakant qoldirishi kerak. Garov bog'layman, ular jangga rozi bo'lmaydi", dedi Xirn.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing