06 fev 15:07
Yangiliklar

Eddi Xirn 50 yoshida promouterlikdan ketishini aytdi
42 yoshli Eddi Xirn yaqinda otasi, 73 yoshli Bob Xirn asos solgan oilaviy promouterlik ishlariga rasman boshqaruvchi etib tayinlangandi, lekin u bu lavozimni tark etmoqchi. U amerikalik 90 yoshli promouter Bob Arum rekordini yangilash haqida o'ylamaydi.
"50 yoshga to'lganimda yoki undan oldinroq, men jahannamga tushaman. Meni boshqa ko'rmaysizlar. Borib sohilda dam olaman.
Bob Arumni juda hurmat qilaman, nega desangiz, u 90 yoshda va hali ham biznes olamida. Yana bir bor aytaman, agar meni 60 yoshimda shu erda ko'rib qolsangiz, otib tashlang. Men 50 yoshimda bu erdan ketaman. Bu dahshatli biznes. Uyqusiz tunlar, har xil vaqt zonalari, tortishuvlar, sizni aldashga urinayotgan odamlar", - deya Xirnning so'zlarini keltiradi talkSPORT.
Qayd etilishicha, o'tgan yili Xirnning mulki 60 mln funt sterlingga baholangan.
Fikrlar