So’nggi yangiliklar

17:07Терма жамоамизнинг икки футболчиси Тошкент жамоасида машғулот олиб бормоқда 0 16:46О`Мэлли Двалишвилидан мағлубияти ҳақида: "Бўйи 165 см дан паст одамга ютқазиш шармандалик" 0 16:25Дана Уайт: "Боксда энг қолоқ омадсиз ва аблаҳлар ишлайди" 0 16:04"Исроил ва Трампдан миннатдорман" — Стрикленд UFC Freedom 250 кардида йўқлиги ҳақида 0 15:43"Арсенал" ва "Барселона" германиялик футболчи учун курашмоқда 0 15:22Шаҳрам Ғиёсов: "Мен жанг қилишга тайёрман, лекин у тайёр эмас!" 0 15:01Ронда Роузи: "Оқ уйдаги UFC карди - ахлат!" 0 14:40Слаломда эшкак эшувчиларимиз Таиланддаги иккита турнирда 13 та медаль қўлга киритишди + ФОТО 0 14:19Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Элит ОЧЛ учрашувида ишлайди 0 13:58Адесанья Перейра - Ган жангида нокаут бўлишини тахмин қилди 0 13:37UFC Миктибек Оралбайга муҳим жанг берди + ПОСТЕР 0 13:16Кускова "Вьетнам тури"да яна бир бор шоҳсупага кўтарилди 0 12:55"Реал"ни бошқариш учун аргентиналик мутахассис номзоди илгари сурилмоқда 0 12:34Ислам Махачев жароҳат олибди, Дана Уайт буни тасдиқлади 0 12:13Тим Цзюга мағлубиятсиз рақиб берилди + ПОСТЕР 0

30 noy 08:31
Yangiliklar

Boks/MMA

Eddi Xirn: "Agar Joshua Polga yutqazsa, biz..."

Taniqli promouter Eddi Xirn mijozi Entoni Joshuaning bloger-bokschi Jeyk Polga qarshi o'tkazadigan jangi haqida gapirdi.

Britaniyalik promouterning so'zlariga ko'ra, agar Joshua mag'lubiyatga uchrasa, bu nafaqat Entoni, balki butun jamoa va professional boks olami uchun sharmandali holat bo'ladi.  

"Pol 90,7 kg vazn toifasida dunyoning eng yaxshi 50 bokschisi qatoriga kiradi. Hozirda u ushbu toifada to'liq professional hisoblanadi. Ammo men uni jahon darajasidagi jangchi deb hisoblamayman va bu diviziondagi elitaga tegishli bo'lmagan kimdir og'ir vaznga o'tib, Entoni Joshuani mag'lub etishi mumkin deb o'ylamayman. Balki adashayotgandirman. Agar adashayotgan bo'lsam, mening vaqtim tugadi, deb hisoblayman. Nafaqat Ey Jey va men nafaqaga chiqishimiz kerak, menimcha, hammamiz tatilga chiqishimiz shart bo'ladi. Xullas, Ey Jey, boksning og'irligi sening elkangda, do'stim.

Entonining bu erda qolishga qiziqishi yo'q. Agar Jeyk Pol ozgina agressiya ko'rsatsa, jang yakunlanadi. Aks holda, uni nokautga uchratmagunlaricha uraverishadi. Ikki raund - Entoni Joshua uchun adolatli, degan bo'lardim. Agar Ey Jey uni ikki raundda ringdan chiqarib yubormagasa, hafsalam pir bo'lardi", - deya Xirnning so'zlarini keltiradi Daily Express.

Eslatib o'tamiz, Joshua va Pol o'rtasidagi jang 20 dekabr kuni AQSHning Mayami shahrida Netflix ko'magida bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing