08 mar 11:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Eddi Xirn: "Aspinallga UFC kerak emas, UFCga u kerak"
Matchroom Boxing rahbari Eddi Xirn o'z kompaniyasining yangi mijozi - UFC’ning amaldagi og'ir vazn chempioni Tom Aspinall haqida fikr bildirdi.
Britaniyalik sportchi bir necha kun oldin Xirnning agentligi bilan shartnoma imzolagan edi.
"Tom Aspinallning gonorarlarini ko'rib chiqqanimda, deyarli stuldan yiqilib tushay dedim. CHunki bilaman: agar u bizning biznesda bo'lganida, hozirgidan 10 barobar ko'p pul topgan bo'lardi. Uning qaytishi juda katta voqeaga aylanadi. Tashkilot sifatida ularga u kerak. U UFC’ga muhtoj degan gapni unuting. Aslida hozir u UFC’ga muhtoj emas, lekin ularga Aspinall kerak, chunki og'ir vaznda yulduzlar kerak", — dedi Xirn.
Havola :
Manba : Matchroom Boxing
Fikrlar