12 apr 12:28
Yangiliklar

Eddi Xirn: "Bivol Beterbiev bilan trilogiya orqali bundan ham ko'proq pul ishlab oladi"
Avvalroq, Bivol Benavides bilan jangidan 8 million dollar olishi xabar qilingandi. Uning jamoasi esa Artur Beterbiev bilan uchinchi jangni tashkil qilmoqchi.
"Turki al ash-SHeyx bilan uzoq vaqtdan beri o'zaro manfaatli biznes aloqalarimiz bor. Biz uning turnirlarida jami 4 ta jang o'tkazdik. Aynan u bizga birinchi jangda Beterbievga yutqazib qo'yganimizdan so'ng darhol revansh jangini o'tkazish imkoniyatini berdi. Revansh jangi uchun shartnoma imzolaganimizda, uchinchi jangni o'tkazishga rozi bo'ldik, chunki buning hammasi Artur uchun. 8 million dollarmi?
Xo'sh? Hurmat bilan aytganda, Bivol bu jangda 8 milliondan ko'proq pul ishlab oladi. Agar bizga 20 million dollar taklif qilishsa ham, bu bitta oddiy sababga ko'ra hech narsani o'zgartirmasdi - shartnoma shartlariga ko'ra bizning Beterbievdan "qochishga" haqqimiz yo'q", dedi Xirn.
Fikrlar