20 fev 08:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn Bivol - Beterbiev jangi uchun o'z taxminini aytdi
Promouter Eddi Xirn Artur Beterbiev va Dmitriy Bivol o'rtasidagi revansh uchun o'z taxminini aytdi.
"Dmitriy - g'olib. U ilk bor mag'lubiyatga uchradi. U birinchi jangda ham g'olib bo'lgandi deb hisoblayman. Ammo o'tmishni o'zgartirib bo'lmaydi. Jang yaqin bo'lganini bilasiz. Artur va Dmitriy - aqlbovar qilmas jangchilar.
Dmitriy birinchi jangda o'zini 100 foiz ko'rsata olmaganini aytgani menga qiziq tuyulmoqda. Agar shunday bo'lsa, u revanshda g'alaba qozonishiga ishonaman", - dedi Bivolning so-promouteri Eddi Xirn.
Havola :
Manba : Boxing News
Fikrlar