24 fev 19:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn Bivol dunyoning eng yaxshi ikkinchi bokschisi bo'lib olganini aytdi
Eddi Xirn yangi mutlaq jahon chempioni Dmitriy Bivolning hozirgi holati haqida gapirdi.
"Bivol dunyoning eng yaxshi bokschisi - Saul Alvaresni mag'lub etganini yodda tutish kerak. Va u mutlaq jahon chempioni, pound-for-pound reytingida kuchli beshlikka kiradigan yigitni mag'lub etdi. SHu sababli ham Bivolni zo'r deb hisoblash mumkin. Albatta birinchi o'rin Usikka bo'lishi kerak, men uchun Bivol - dunyoda ikkinchi raqamli bokschi", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar