02 may 13:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn: "Boks hozir cho'qqida, MMA esa - kambag'al qarindosh"
Promouter Eddi Xirn boksning ommabopligi haqida gapirar ekan, MMA va UFC’ni orqada qolgan yo'nalish deb atadi.
"Boks hozirgi paytda cho'qqida. Ayniqsa, media maydonda, ijtimoiy tarmoqlarda. Bizning darajamizni MMA yoki UFC bilan solishtirib bo'lmaydi. MMA — kambag'al qarindosh. Lekin bu ularning aybi emas — odamlar biroz charchab qolishgan.
Agar siz mendan UFC'dagi olti nafar super yulduzni sanab berishimni so'rasangiz, men bunday qila olmayman. Muammo shundaki, UFC o'z brendini jangchilardan yuqori qo'yishga harakat qilmoqda", — dedi Eddi Xirn.
Avvalroq Boxing Kingdom portali UFC musobaqalaridagi PPV (pulli translyaciya) sotuvlari keskin pasayganini xabar qilgan edi.
Havola :
Manba : Sportskeeda
Fikrlar