22 sen 18:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Eddi Xirn Entoni Joshuaning kelajagi haqida gapirdi
Eddi Xirnning aytishicha, Joshua navbatdagi jangini Fyuriga qarshi o'tkazishi mumkin.
"Bizda shartnoma bo'yicha Ar-Riyodda yana bitta jang bor. Dyubua - bu rejaning bir qismi. Lekin uning o'rnida Fyuri yoki boshqa og'ir vaznli ham bo'lishi mumkin.
Biz bugun g'alaba qozonib, Usik - Fyuri jangi g'olibiga qarshi to'qnash kelmoqchi edik, endi biz bu jangda mag'lub bo'lgan bilan jang qilishga to'g'ri keladi - agar u Fyuri bo'lsa", - dedi Xirn.
Eslatib o'tamiz, Londonda o'tkazilgan jangda Dyubua Joshuani 5-raundda nokautga uchratdi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar