02 may 15:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn Fyuri - Joshua jangi bekor bo'lishi haqidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi
Promouter Eddi Xirn mijozi Entoni Joshuaning Tayson Fyuriga qarshi bo'ladigan jangi bekor qilingani haqidagi gap-so'zlar haqiqatga to'g'ri kelmasligini aytdi.
"Siz promouter Frenk Uorrenning so'zlarini eshitdingiz. U to'g'ri aytdi. Biz kecha Yaqin SHarqda jang o'tkazish bo'yicha shartnoma oldik.
Advokatlar buni o'rganib chiqishmoqda. Fyuri - Joshua jangi bekor bo'lgani yo'q. U amalga oshadi.
O'ylaymanki, kelasi hafta bu borada rasman elon qilamiz. Fyuri va Joshua mutlaq jahon chempionligi uchun o'zaro jang qilishadi", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar