31 mar 11:52
Yangiliklar

Eddi Xirn ham Ahmadaliev - Inoue jangi shu yil o'tkazilishini tasdiqladi
Buning uchun ikkinchi eng engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo'lib turgan yaponiyalik bokschi ham, WBA Interim chempioni Murodjon Ahmadaliev ham 4 may tongida Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan boks oqshomidagi o'z janglarida g'alaba qozonishlari talab etiladi. Inoue shu kuni amerikalik Ramon Kardenasga qarshi ringga ko'tariladi. Hamyurtimizning esa hozircha raqibi tasdiqlanmagan.
"Biz Ahmadaliev - Inoue jangi bo'yicha muzokaralarni deyarli yakunladik. Jangning sentyabr oyida o'tkazilishi bo'yicha kelishuvga erishdik. Biz rozi bo'lgan taqdirdagina Inoue - Kardenas jangi mutlaq jahon chempionligi maqomida bo'ladi. CHunki, Naoya navbatdagi jangini Ahmadalievga qarshi o'tkazishi shart. WBA uning zimmasiga ana shu majburiyatni qo'ygan. Agar jangdan qochsa, WBA chempionlik kamaridan mahrum etiladi. Biz yaponiyalik bokschiga shu holatda ham imkoniyat beryapmiz. Sentyabrda Murodjonga qarshi ringga chiqish sharti evaziga Kardenas bilan jang qilishiga ruxsat beryapmiz. Bu bo'yicha uning promouteri Xonda bilan ham kelishib oldik. Inoue - Ahmadaliev jangi sentyabr oyida Yaponiyada o'tkaziladi. Tez kunda jang bo'yicha rasman shartnoma imzolaymiz", — deya Xirnning so'zlarini keltirmoqda BoxingScene.
Fikrlar