25 mar 07:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Eddi Xirn: "Ikki baravar ko'p to'lagan bo'lardim"
Britaniyalik mashhur promouter Eddi Xirn UFC amalga oshira olmayotgan ishga bel bog'lamoqchi.
U vatandoshi Tom Aspinall va amerikalik Jon Jons o'rtasidagi jangni UFC rahbariyatidan ikki barobar ko'p pul evaziga tashkil etishga tayyor.
"Ularning UFC bilan shartnomalari bor, agar kelishuv bo'lmaganida, men Tom va Jonga UFC’dan ikki barobar ko'proq to'lashim mumkin edi", - deya Xirning so'zlarini keltiradi Red Corner MMA’ning X ijtimoiy tarmog'idagi akkaunti.
Malumot uchun, angliyalik aralash yakkakurashlar bo'yicha o'zining professional rekordida 15 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyatga ega. Yana bir jang o'tkazilmagan deya topilgan. Jons esa 2008 yildan 2024 yilgacha 28 ta g'alaba, bitta mag'lubiyat qayd etgan va bitta jang o'tkazilmagan deb topilgan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar