27 dek 09:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Eddi Xirn Inoue haqida: "U kamarni vakant qoldiradi"
Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn ikkinchi eng engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inoueni WBA kamarini vakant qoldirishini taxmin qildi.
31 yoshli Inoue navbat bo'yicha WBA kamarini majburiy davogardan himoya qilishi kerak. Ushbu kamarga sobiq chempion Murodjon Ahmadaliev majburiy davogar hisoblanadi. WBA tashkiloti bokschilar o'rtasidagi jangga ikki bor buyruq bergan, ammo chempionlik to'qnashuvi haligacha o'tkazilmadi.
Vaziyatga munosabat bildirgan Xirn "uning kamarni vakant qoldirishiga pul tikaman" deb yozdi.
Avvalroq, WBA prezidenti Xilberto Mendosa Naoya Inouening 24 yanvar kuni bo'lib o'tadigan Sem Gudmanga qarshi jangidan 10 kun o'tib, Ahmadaliev bilan bahs bo'yicha kelishib olishlarini aytgan edi.
Havola :
Manba : twitter.com/EddieHearn
Fikrlar