29 may 14:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn Joshua bu yil nechta jang o'tkazishini aytdi
Promouter Eddi Xirn sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxs sifatida bayonot berdi.
"Bu yil Entoni faqat bir marta ringga chiqadi. U sentyabrning o'rtalarida jang qilishga tayyor bo'ladi. SHu vaqtga kelib Tayson Fyuri boksga qaytadimi-yo'qmi — bu ham aniqlashadi.
SHuningdek, Joshuaning navbatdagi raqibi ham Usik va Dyubua o'rtasidagi revansh natijasiga bog'liq bo'ladi. Umuman olganda, biz hozir yaxshi poziciyadamiz.
SHuni ham aytaman: agar Uaylder keyingi jangda o'zini yaxshi ko'rsatsa, u bilan jang qilish ehtimoli ham yo'q emas", — dedi Xirn ESPN bilan suhbatda.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar