27 noy 14:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Eddi Xirn: "Joshua - Fyuri jangi 2023 yilda tashkil etiladi"
Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn mijozining WBC chempioni Tayson Fyuriga qarshi jangini 2023 yilda tashkil etish mumkinligini aytdi.
"Fyurining so'zlari haqida o'ylayapman. Lekin, ular qanday bayonot berishidan qati nazar, mantiqan to'g'ri emas. Avvaliga u Joshua bilan jang qilmaguncha baxtli bo'lmasligini aytgandi. Keyin esa Entoni qo'rqoq ekanligini va hech qanday jang bo'lmasligini elon qildi. Agar bu jang Tayson Usik bilan to'qnash kelishidan oldin tashkil etilsa hayron bo'lmayman. Ammo, menimcha nima bo'lishidan qati nazar, siz bu jangni ko'rasiz va bu keyingi yil bo'ladi.
Biz bu jangni besh yildan keyin emas, 2023 yilda ko'rishni istaymiz", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar