07 sen 17:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn: "Joshua - Fyuri jangi Usik - Fyuri jangidan qiziqarliroq"
Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn superog'ir vaznda kutilayotgan navbatdagi janglar haqida fikr bildirdi.
"Haqiqat shundaki, Entoni Joshua avvaldan boksdagi eng buyuk shaxslardan biri. Entonining Tayson Fyuriga qarshi jangi Fyurining Usik bilan jangidan besh barobar qiziqarliroq bo'lar edi, bu ayni haqiqat! To'g'ri, Fyurining Usik bilan jangi ajoyib, lekin odamlar Joshua - Fyuri jangini ko'rishni istashadi", - deya Eddi Xirnning so'zlarini keltiradi talkSPORT nashri.
Avvalroq, Fyuri - Usik jangi 17 fevral kuni bo'lishi, ammo Tayson shu yilning o'zidayoq, Joshuaga qarshi jang qilishni istayotganini bildirgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar