17 apr 17:56
Yangiliklar
Boks/MMA
Eddi Xirn: "Joshuaning yonida yangi yuzlarni ko'rasiz"
Promouter Eddi Xirn og'ir vaznda sobiq chempion Entoni Joshuaning jamoasi haqida fikr bildirdi.
"Uning jamoasida bir qancha to'ldirishlar bo'ladi deb o'ylayman. Bu qarorni shaxsan Joshua qabul qilishi aniq. Vaqti kelib u buni elon qiladi.
Biz u bilan bu haqida bir necha kun avval gaplashdik. Tez orada uning yonida yangi odamlarni ko'rasiz. Lekin Entoni o'zini yaxshi his qilyapti deb ayta olaman. Hozir u shug'ullanyapti, ajoyib formaga kiryapti, u jangga tayyor.
Mening ishim jangni tashkillashtirish, uni targ'ib qilish va kelishuvni imzolash. Tayyorgarlik — bu uning jamoasini ishi. Ular o'z ishini to'g'ri qilishiga ishonaman", - dedi Xirn.
Usik bilan revansh jangi shu yilning iyun yoki iyul oyida tashkillashtirilishi mumkin. Xirn jang tez orada elon qilinishi mumkinligini takidladi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar