08 fev 19:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn Kanelo haqida: "U oxirgi ikki jangida jarohat bilan ringga ko'tarildi"
Supero'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni meksikalik Saul Alvaresning (58-2-2, 39 KO) promouteri Eddi Xirn mijozining karerasi haqida gapirdi.
"U oxirgi ikki jangida jarohat bilan boksga tushdi. U o'zining eng yuqori cho'qqisida emas deb hisoblamayman. U Billi Jo Sonders, Kaleb Plant, Dmitriy Bivol va Gennadiy Golovkin bilan jang qildi. Muxlislar uni faoliyatini pastga tushib ketganini aytishmoqda. U eng yaxshi jangchi bilan kurashdi, uni ustiga unda jarohat ham bor edi", - dedi Xirn.
Eslatib o'tamiz, Kanelo sentyabr oyida Las-Vegasda (AQSH) bo'lib o'tgan so'nggi jangida qozog'istonlik Gennadiy Golovkinni (42-2-1, 37 KO) ochkolar evaziga mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar