16 avg 15:56
Yangiliklar
Boks/MMA
Eddi Xirn Parij Olimpiadasi sovrindorlari bilan shartnoma tuzmoqchi, ular orasida o'zbekistonlik bokschi ham bo'lishi mumkin
Taniqli promouter Eddi Xirn Parij Olimpiadasida ishtirok etgan 4-5 nafar bokschini o'z jamoasiga qo'shib olishi mumkin.
"Matchroom" kompaniyasi rahbari britaniyalik superog'ir vaznli bokschi Patrik Braun, shuningdek amerikalik Omari Jons, meksikalik Marko Verdelar bilan shartnoma tuzishni maqsad qilgan.
SHuningdek, o'zbekistonlik bokschilarning chiqishi ham Xirnda yorqin taassurot qoldirgan. Lekin u nomni eslay olmadi. Katta ehtimol bilan gap Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev haqida ketayotgan bo'lishi mumkin. Hamyurtimiz musobaqa davomida Jonsni ham, Verdeni ham mag'lubiyatga uchratgan edi.
Bundan tashqari, avstraliyalik Teremoana ham Xirn etiboridan chetda qolmagan.
Havola :
Manba : vRinge
Fikrlar