18 jan 10:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn Saul Alvaresning yarimog'ir vaznga o'tishini xohlaydi
Taniqli promouter Eddi Xirn Saul Kanelo Alvaresning yarimog'ir vazn toifasiga o'tish imkoniyatlari haqida gapirdi.
«Menga bu g'oya yoqdi. U yarimog'ir vaznga o'tishi va mutlaq chempionlik uchun urinib ko'rishi mumkin. Bu ajoyib. Unga uchta yaxshi taklif bor: Dmitriy Bivol, Jo Smit yoki Artur Beterbievga raqiblik qilish», — deya Xirnning so'zlarini keltiradi boxingnews24.
Eslatib o'tamiz, avvalroq meksikalik bokschining keyingi raqibi o'rta vaznda jahon chempioni Jermell CHarlo bo'lishi xabar qilingandi. O'tgan yili Saul Alvares tarixda birinchi bor ikkinchi o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo'lgan edi. So'nggi jangida esa Kaleb Plantni nokautga uchratgan. Alvares uchun bu professional boksdagi 57-g'alaba bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar