16 apr 18:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn: "U Virjil Ortis bilan shunchaki o'ynab, jang qiladi"
Promouter Eddi Xirn yarimo'rta vaznda IBF va WBA yo'nalishlari chempioni Jeyron Ennis (34-0, 30 KO) hamda super yarimo'rta vazn toifasida WBC Interim chempioni Virjil Ortis (23-0, 21 KO) o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Uni mag'lub etish oson. Virjil Ortis — ajoyib jangchi. Men "Golden Boy"dagi do'stlarimni hurmat qilaman, lekin rostini aytishim kerak. Menimcha, Ennis shunchaki u bilan o'ynab, jang qiladi. SHubhasiz, biz hali ham Jeyronning so'nggi janglaridan hayratdamiz. Unda o'ziga xos istedod bor. Ennis 27 yoshda va men besh yil davomida u bilan shartnoma imzolashga harakat qilib keldim", dedi Xirn.
Havola :
Manba : Boxing News 24/7
Fikrlar