06 sen 17:02
Yangiliklar

Eddi Xirn Uaylderga Joshua bilan jang qilish taklifini berdi
Xirnning so'zlariga ko'ra, u hali Uayderning menejeridan javob xati olmagan.
"SHelli Finkel bilan bog'landim. Unga yozgan xatimda Uaylderga katta taklifim borligini va u bilan shu masalani muhokama qilishni so'radim. Ammo, hali javob kelgani yo'q.
Ularning xatti-harakatlarini tushunmayapman. Balki Deontey meni yoqtirmas va: "U qancha pul taklif qilishi menga ahamiyatsiz", degan bo'lish mumkin. Meni qiziqtirgan narsa — Uaylder Finkelga yuborgan bu xabarim haqida biladimi? Kim ham bunday taklifni bilishni istamaydi?" - deya Uaylderning so'zlarini keltiradi Boxing Scene.
SHuningdek Xirn, Uaylder va Xelenius o'rtasidagi jang haqida ham o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Uaylder Xeleniusga qarshi jang qiladi. Xelenius munosib raqib va qiyin jang bo'lishi aniq", - deya qo'shimcha qildi Xirn.
Eslatib o'tamiz, Deontey Uaylder va Robert Xelenius o'rtasidagi jang 15 oktyabr kuni AQSHning Bruklin shahridagi "Barclays Center" arenasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar