09 iyu 10:15
Yangiliklar

“Eindhoven Cup”. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev va To'rabek Habibullaev 1/2 finalda qanday natija qayd etdi?
Musobaqada ishtirok etayotgan charm qo'lqop ustalarimiz 1/2 final janglarini o'tkazishdi. Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Abdumalik Halokov bokschilarimizning bu bosqichdagi ishtirokini boshlab bergandi. -60 kg vazndagi buxorolik bokschimiz mezbonlar vakili Mahmud Al CHabtungni hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi.
-70 kg vaznda ringga chiqayotgan yana bir Olimpiada chempionimiz Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev ozarbayjonlik Nabi Isgandarovdan 5:0 hisobida ustun keldi. Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisi To'rabek Habibullaev (-90 kg) esa qozog'istonlik Tog'ambay Sag'indikka qarshi kechgan murosasiz jangda 4:1 hisobida zafar quchib, u ham final ishtirokchisiga aylandi.
Fikrlar