So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

21 okt 16:49
Yangiliklar

Tadbirlar

“Ekobog'”da ommaviy sport-sog'lomlashtirish tadbiri o'tkazildi FOTOGALEREYA

Teglar :  YugurishEkobog'
Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan “Ekobog'” hududida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan “Sport targ'ibotini o'zimizdan boshlaylik!” shiori ostida ommaviy sport-sog'lomlashtirish tadbiri o'tkazildi.

“O'zbekistonda sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 29 yanvardagi 65-sonli qarori bilan aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilishni tizimli yo'lga qo'yish, jamiyatda sog'lom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, o'sib kelayotgan yosh avlodni zararli odatlardan asrash hamda har bir mahalla, talim muassasalari, mehnat jamoalari va boshqalarda jismoniy tarbiya va sport faoliyatini samarali tashkil etish vazifasi belgilab qo'yilgan.

Tadbirda vazirlikning apparat xodimlari, shuningdek, tizimdagi barcha Respublika tashkilotlari xodimlari o'z oimla azolari bilan ishtirok etishdi.

Dastavval tadbir ishtirokchilari tetiklashtiruvchi badantarbiya mashqlariga jalb etildi. So'ngra vazirlik tizimidagi tashkilotlarning xodimlari o'rtasida kross yugurish musobaqasi tashkil etildi. Unda erkaklar, ayollar, bolalar hamda faxriylar guruh-guruh bo'lib musobaqalashdi. Bu jarayonda barcha faol bo'lishgani tahsinga loyiq.

So'ngra tadbir ishtirokchilari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xodimlari va ularning oila azolari ishtirokida “Otam, onam va men – sportchilar oilasi” sport musobaqalari tashkil etildi. Ayniqsa tadbir doirasidagi arqon tortish, tosh ko'tarish, kuch sinashish (armrestling) musobaqalari barchada birdek qiziqish uyg'otdi.

Xullas, ertalabdan boshlangan ommaviy sport-sog'lomlashtirish tadbirlari tushgacha davom etdi. Unda g'olib chiqqanlar tabiiyki tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Biroq, “Ekobog'”da o'tkazilgan tadbirdan hech kim yutqazmadi. Negaki bunday ommaviy sport-sog'lomlashtirish tadbirlari yoshu keksani sportga oshno tutinishiga, sog'lom turmush tarzini hayoti mazmuniga aylanishiga xizmat qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing