29 dek 15:37
Yangiliklar
Qishki sport turlari
Endilikda konkida yugurish, short-trek, figurali va sinxron uchish bo'yicha Jahon chempionatlari bir paytda va bir manzilda o'tkazilishi mumkin
Xalqaro konkichilar ittifoqi (ISU) to'rt yo'nalish - konkida yugurish, short-trek, figurali uchish va sinxron konkida uchish bo'yicha yagona Jahon chempionati loyihasini tayyorlamoqda.
Tanlov koncepciyasi 2026 yilning bahorida taqdim etiladi.
"ISU Kengashi yagona chempionat modeli ostida ISUning barcha to'rt yo'nalishini birlashtirgan Yagona Jahon chempionatini o'tkazish taklifini ko'rib chiqdi. Yagona Jahon chempionatining rasmiy koncepciyasi 2026 yilning bahorida taqdim etiladi", deyiladi tashkilot rasmiy saytida.
Hozirgacha ushbu to'rt yo'nalishdagi dunyo birinchiliklari turli joylarda va turli vaqtlarda o'tkazilib kelinadi.
Havola :
Manba : isu.org
Fikrlar