So’nggi yangiliklar

18:30Эдсон Барбоза фаолиятини якунлади 0 17:53"Богданда босим бор эди". Маҳмуд Мурадов Гусковнинг Анкалаев билан жанги ҳақида гапирди 0 17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0

04 mar 11:46
Yangiliklar

Engil atletika, Tadbirlar

Elena Isinbaeva: “O'zbekistonda ko'proq vaqt o'tkazishni istayman”

Teglar :  Elena Isinbaeva
Xabaringiz bor, shu kunlarda jahon sporti yulduzi, ikki karra Olimpiya o'yinlari g'olibi Elena Isinbaeva Toshkent shahrida bo'lib turibdi.

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasida Elena Isinbaeva ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Ommaviy axborot vositalari xodimlari o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

O'zbekiston haqida
Men ilk marotaba O'zbekistondaman. Ushbu hamkorlik uchun, iliq kutib olishgani va albatta mehmondo'stlik uchun minnatdorchilik bildiraman. Barchaga rahmat. Bu erda ko'proq vaqt o'tkazishni istayman. Mamalakatingizga sportga yuqori etibor qaratilmoqda. Osiyo o'yinlarini qabul qilish yo'lida ham sizga omad tilayman.

Farzandlaringizni ham sportga berasizmi?
Katta qizim yarim yildan buyon sport gimnastikasi bilan shug'ullanmoqda. Ular katta bo'lgani sari tanlovni o'zlari amalga oshirishlari mumkin bo'ladi. O'g'lim esa xokkeychi bo'lib, yurtimiz bayrog'ini ko'klarga ko'tarishini istardim. Turmush o'rtog'im ikkimiz shuni niyat qilganmiz.

Katta sportga qaytish istagi
Bu istak juda katta. Sportdagi g'alabadan keyingi hislarni tasvirlab berishim qiyin. Men bugungi kunda XOQ tarkibida faoliyat olib boryapman. Kuzatuv kengashida. Sportda barcha g'alabalar toza, halol bo'lishini istayman. Sport bugungi kunda nafaqat xobbi, balki kasbga aylanib ulgurgan. Men shundoq ham sportni ichidaman.



Murabbiy sifatida o'zini sinab ko'rish
Bu borada albatta xohish bor. Biroq, bu ish mashaqqatni talab qiladi. Men hozircha bunga tayyor emasman. Murabbiylar o'z shogirdlarining muvaffaqiyati uchun o'zlarini qurbon qilishlari lozim bo'ladi. Bu ishga alohida yondoshuv talab qilinadi. Umuman, sportchi bo'lish qurbonlik talab qiladi. Men sport orqali ko'p narsaga erishdim.

Qatiy tartibsiz natija bo'ladimi? Yosh sportchilarga tavsiyalar
Qatiy tartib orqali albatta muvaffaqiyat bo'ladi. Olimpiya o'yinlari, jahon chempionatlari, rekordlardan so'ng sen superyulduzsan. Men baxtliman. Bu kecha bo'lgandi. Bugun esa yangi kun. Xech qachon bo'shashmaslik lozim. Mashg'ulotlarda davom etish kerak. To'g'ri, do'stlar bilan o'yin-kulgi, klublar, tug'ilgan kunlar yo'q bo'ladi. Qisqa qilib aytadigan bo'lsak, kechagi natija tarixga aylanib bo'ldi. Yosh sportchilarga maslahatim shuki, qanday marraga erishishdan qatiy nazar to'xtab qolmaslik kerak.
Ota-onam farzandlari sportchi bo'lishini istagandilar. Ammo, u bir kun kelib Olimpiya o'yinlari g'olibiga aylanishini tasavvur ham qilmagandilar.

Start oldidan o'zini qanday tayyorlaydi?
Yo'q, bu sirni aytmayman. Endi bolalarim bor (kuladi). Har kim o'zini turlicha tayyorlaydi. Kimdir chuqur nafas oladi, kimdir qaysidir so'zlarni eslaydi.

Siyosatchi bo'lish istagi bormi?
Yo'q. Men o'zim tushunadigan soham – sportning ichida bo'laman.


Aziz To'xtamurodov

Reyting:    

Fikrlar

   
04 mar 12:26:16
Dilshot Solihov
Murotjoni jang mudati aniq bo'ldi Shahram hamda Daniyel Roman bilan bir kechada jang qiladi.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing