So’nggi yangiliklar

18:30Эдсон Барбоза фаолиятини якунлади 0 17:53"Богданда босим бор эди". Маҳмуд Мурадов Гусковнинг Анкалаев билан жанги ҳақида гапирди 0 17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0

25 fev 17:10
Yangiliklar

Engil atletika, Tadbirlar

Elena Isinbaeva O'zbekistonga keladi

Teglar :  Elena Isinbaeva
MOQdan navbatdagi yirik loyiha: Jahon sporti afsonasi Elena Isinbaeva O'zbekistonda "Nafosat-2019" ayollar spartakiadasi mehmoni bo'ladi.

O'zbek sporti tarixida ilk marotaba xalqaro ayollar kuniga bag'ishlangan katta sport bayrami - "Nafosat-2019" ayollar spartakiadasi bo'lib o'tadi. Musobaqa Milliy olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston xotin-qizlar qo'mitasi hamkorligida, ayollar orasida sport va jismoniy tarbiyani ommalashtirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida tashkil etiladi.

Ayni paytda Respublikamiz bo'ylab musobaqaning saralash bahslari davom etmoqda. Bellashuvlar sportning gandbol, voleybol, basketbol, badminton, stol tennisi va velosport turlari bo'yicha o'tkaziladi. Rejaga ko'ra, 1-2 mart kunlari poytaxtimizda final bahslari bo'lib o'tadi. Musobaqa g'olib va sovrindorlari diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishadi. “Nafosat-2019” spartakiadasining taqdirlash va tantanali yopilish marosimi esa 3 mart kuni "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tadi.

Tantanali yopilish marosimi yuqori saviyada tashkil qilinishi kutilmoqda. Tadbirga engil atletikaning langarcho'p bilan sakrash yo'nalishida ikki karra Olimpiya o'yinlari chempioni (2004, 2008), uch karra jahon chempioni, yopiq inshootlardagi jahon chempionatining to'rt karra g'olibasi, Evropa chempioni, 28 marotaba jahon rekordini o'rnatgan afsonaviy Elena Isinbaeva tashrif buyuradi. SHu kuni muxlislar o'zbek estradasining yorqin yulduzlari ishtirokidagi koncert dasturiga ham guvoh bo'lishlari mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing