So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

03 mar 20:50
Yangiliklar

Tadbirlar

Elena Isinbaeva tashrif buyurgan "Nafosat-2019" tadbiri qanday o'tdi? FOTO

Teglar :  Nafosat-2019
Bahor fasilining kirib kelishi yurtimizda hamisha o'zgacha xursandchilikda nishonaladi.

Tanamizni bahor o'zi bilan olib keladigan kuch va energiyaga to'ldiramiz, tabiat bilan “uyg'onamiz”.

Milliy olimpiya qo'mitasi bu yil bahor kirib kelishiga o'zgacha yondoshdi. Xalqaro xotin-qizlar bayrami ayollarimiz uchun asosiy shodiyonadir. SHu maqsadda yurtimiz bo'ylab tarixda ilk bor “Nafosat-2019” ayollar spartakiadasi o'tkazildi. Mazkur yirik dastur o'zida voleybol, basketbol, gandbol, stol tennisi, velosport va badminton kabi sport turlarini qamrab oldi. 1-2 mart kunlari poytaxtimizda musobaqaning final bosqichi o'tkazilgan bo'lsa, bugun “O'zbekiston” sport majmuasida g'olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda so'zga chiqqan tashkilotchilar va mehmonlar O'zbekiston Respublikasi prezidenti SHavkat Mirziyoev tashabbusi bilan yurtimizda ko'plab sohalar qatori ayollar sportini rivojlantirishga ulkan etibor qaratilayotganiga alohida to'xtalib o'tishdi.

Tadbir davomida umumjamoa hisobida g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi:

1-o'rin: Toshkent shahri (6 ta oltin va 1 ta kumush medal);
2-o'rin: Qoraqalpog'iston Respublikasi (2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medali);
3-o'rin: Qashqadaryo viloyati (1 ta oltin).

Barcha sovrindorlarni jahon sportining afsonasi hisoblanmish Elena Isinbaeva taqdirladi. Olimpiya o'yinlarining ikki karra g'olibi o'ziga berilgan so'z navbatida O'zbekistonda sportni rivojlantirish yo'lida olib borilayotgan islohatlarni to'lqinlanib takidladi va bu qilinayotgan sayi-harakatlar kelajakda, albatta, o'z samarasini berishini aytib o'tdi.

Sahnalashtiruvchi rejissyor tomonidan ishlab chiqilgan badiiy dastur ko'pchilikda katta taassurot qoldirdi va mehmonlar tadbirdan bir olam quvonch bilan qaytishdi. Milliy Olimpiya qo'mitasi bundan keyin ham sport targ'iboti yo'lida ana shunday tadbirlarni faol o'tkazishda davom etadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing