31 may 18:27
Yangiliklar
Tennis

Elena Ostapenko "Rolan Garros"dagi ishtirokini yakunladi
Dunyoning 17-raketkasi Elena Ostapenko uchun Franciya Ochiq chempionati yakuniga etdi.
Latviyalik tennis malikasi ikkinchi davra uchrashuvida reytingning 69-pog'onasida borayotgan amerikalik Peyton Stirnga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 3/6, 6/1, 2/6.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Bir yuz to'rt daqiqa davom etgan bahsda Ostapenko 3, Stirns 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar