So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

13 apr 14:14
Yangiliklar

Sport kurashlari

Elmurat Tasmuradovning principial raqibi, Olimpiada chempioni koronavirusdan forig' bo'ldi

Avval xabar berganimizdek, yunon-rim kurashi bo'yicha Rio-2016 Olimpiadasi chempioni, ikki karra jahon chempioni Ismael Boreroda koronavirus aniqlanib, kasalxonaga yotqizilgandi.

Kubalik chempion shu yilning mart oyi boshida Kanadaning Ottava shahrida o'tkazilgan Panamerika chempionatida ishtirok etgan va yakunda -67 kg vazn toifasida musobaqa g'olibiga aylangandi. 

CHempionat yakunlanganidan so'ng Kuba terma jamoasi Ottavada qolib, bir haftadan keyin Kanadaning aynan shu shahrida start oladigan Panamerika kvalifikacion turniriga tayyorgarlik ko'rgan. Borero o'tgan yili Nur-Sultan shahridagi jahon chempionatida Tokio-2020 licenziyasini qo'lga kiritgani bois bu musobaqada ishtirok etmagandi. 

Kubalik kurashchilar 17 mart kuni Kanadadan Ozodlik oroliga qaytishgan va shundan so'ng Ismaelda infekciya simptomlari aniqlangan edi. 28 mart kuni esa uning koronavirusga topshirgan tahlili ijobiy natija bergandi. 

"Gabana" radiosining xabar berishicha, Borrero va fizioterapevt Milena Rodriges Gavanadagi Pedro Kouri Tropik tibbiyot institutida davolanib, koronavirusdan forig' bo'lishgan. Ularning har ikkisi ham izolyaciya davrini yakunladilar. Tez orada Borreroning mashg'ulotlarga qaytishi aytilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Ismael Borero Rio-2016 Olimpiadasining yarim finalida hamyurtimiz Elmurat Tasmuradovni mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l olgan edi. Elmurat esa keyinchalik bronza medali uchun kechgan bellashuvda g'alaba qozonib, sovrindorlar safidan joy olgandi.   

Reyting:    

Fikrlar

   
14 apr 00:36:17
Nuriddin 77
Elmurodning kushandasi va yagona eng havfli raqibi hisoblanadi shuni engolsa alimpiyadani yengishi hechgapmas Elmurod uchun.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing