01 avg 17:20
Yangiliklar
Tokio-2020. Bahodir Jalolovda g'alaba, yunon-rum kurashchilarimiz esa medalsiz qolishdi
Kun davomida Olimpiadada ishtirok etgan o'zbekistonlik sportchilarning ishtiroklariga oid malumotlarni ushbu sahifada onlayn ravishda kuzatib borish mumkin bo'ldi.
5:50 - Engil atletika: Darya Reznichenko (Uzunlikka sakrash) - (15 sportchi ichida 13-o'rin)
7:05 - Yunon-rum kurashi: Elmurat Tasmuradov (ilk jangida mag'lubiyat)
7:20 - Yunon-rum kurashi: Mo'minjon Abdullaev (ikkinchi jangda mag'lubiyat)
9:05 - Boks: Bahodir Jalolov (chorak finalda g'alaba)
15:50 - Og'ir atletika: Kumushxon Fayzullaeva (A guruhda 6-o'rin)
17:18. SHu tariqa, o'zbek sportchilarining Olimpiadaning 9-kunidan olib borilgan onlayn matnli translyaciyamiz o'z yakuniga etdi.
17:11. Kumushxon siltab ko'tarishda 126 kg.ni o'ziga bo'ysundirdi va umumiy hisobda 227 kg natija ko'rsatdi.
16:08. Kumushxon Fayzullaeva dast ko'tarishda 101 kg. natija ko'rsatdi. Oldinda yana 7 nafar sportchining chiqishi bor :)
15:51. Og'ir atletikachimiz Kumushxon Fayzullaeva Olimpiadadagi ishtirokini boshlashga yaqin.
14:58. CHililik kurashchi yarim finalda gruziyalik raqibiga yutqazib qo'ydi. Bu degani - Mo'minjon Abdullaev ham bronza uchun kurashish imkoniyatini yo'qotdi.
14:24. Afsuski, Tasmuradov bronza medali uchun kurashish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. Ukrainalik Lenur Temirov yaponiyalik sportchiga yutqazib qo'ydi.
14:09. Yunon-rum kurashi bahslari boshlanmoqda. Birozdan so'ng Elmurat Tasmuradov va Mo'minjon Abdullaevning medal uchun imkoniyatlari bor-yo'qligini bilib olamiz.
10:06. Endi bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:50 da og'ir atletikachimiz Kumushxon Fayzullaevaning chiqishini kuzatamiz.
9:55. Olmaliqda tug'ilgan, Ukraina sharafini himoya qilayotgan, o'zbekistonlik Elmurat Tasmuradovni ilk jangdayoq mag'lub etgan Lenur Temirov kechki dasturda yarim finalda yaponiyalik sportchiga qarshi kurashadi. Agar u g'alaba qozonadigan bo'lsa, Tasmuradov bronza medali uchun kurashish imkoniga ega bo'ladi.
Mo'minjon Abdullaevda ham bronza uchun imkoniyat bor. U chorak finalda chililik Yasmani Akosta Fernandesga yutqazdi. Agar Fernandes kechki dasturda gruziyalik sportchidan ustun kelsa Abdullaev ham bronza uchun kurashishi mumkin. Yarim finallar Toshkent vaqti bilan soat 14:15 da boshlanadi. Bronza uchun o'tish bellashuvlari esa ertaga ertalab o'tkaziladi.
9:42. Bahodir Jalolov 4 avgust kuni britaniyalik Freyzer Klarkka qarshi jang qiladigan bo'ldi.
9:25. Endi Jalolov yarim finalda Britaniya yoki Franciya vakiliga to'qnash keladi.
9:22. Bahodir Jalolov hindistonlik raqibini yaqqol ustunlik bilan (5:0) mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi! Ushbu g'alaba orqali Bahodir Olimpiada medalini naqd qildi.
9:04. Bahodir Jalolovning jangi boshlanmoqda.
8:55. Agar chililik Akosta Fernandes finalga chiqa olsa Abdullaevda bronza medali uchun bahs yuritish imkoniyati bo'ladi. Tasmuradovda ham shunday vaziyat.
8:49. Mo'minjon Abdullaev chorak finalda Akosta Fernandesga qarshi bahs yuritdi va 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
8:38. Bahodir Jalolovning jangi boshlanishiga oz qolmoqda. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 9:05 da boshlanadi
8:24. Yunon-rum kurashida chorak finallar boshlanmoqda. Birozdan so'ng Abdullaev chililik raqibga qarshi yarim final chiptasi uchun bahs yuritadi. Ushbu bahs taxminan 8:45 dan keyin boshlanishi kutilmoqda.
8:05. Yunon-rum kurashida o'z vaqtida O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan Ildar Xafizov bugun AQSH nomidan gilamga chiqdi. -60 kg vaznli sportchi ilk bellashuvda kubalik raqibga yutqazib qo'ydi.
7:50. Abdullaev chorak finalda CHili vakili Yasmani Fernandesga qarshi kurashadi. Bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 8:25 dan so'ng boshlanadi.
7:36. Mo'minjon Abdullaev g'alaba bilan boshladi! U estoniyalik Artur Vititinni 8:0 hisobida mag'lub etdi.
7:28. Og'ir vaznli yunon-rum kurashchimiz birozdan so'ng estoniyalik Artur Vititinga qarshi bahs yuritadi.
7:25. Elmurat Tasmuradov Olimpiadadagi ilk bahsini ukrainalik Lenur Temirovga qarshi o'tkazdi va imkoniyatni boy berib qo'ydi.
7:16. Yunon-rum kurashchimiz Elmurt Tasmuradov birozdan so'ng gilamga chiqadi.
6:54. Darya Reznichenko uchinchi urinishda 6.19 natija ko'rsatdi va o'z guruhidagi 15 nafar sportchi ichida 13-natijani qayd etdi. Guruhda birinchi o'rinni olgan serbiyalik sportchi 7 metr natija ko'rsatdi. Bu yo'nalishda jahon rekordi 7.52 metrni tashkil etar ekan.
6:26. Darya ikkinchi urinishida 5.94 m natija ko'rsatdi
5:55. Bugun o'zbek sportchilari orasida birinchi bo'lib engil atletikachimiz Darya Reznichenko ishtirokini boshladi. U uzunlikka sakrash bahslarinnig saralash bahslarida ilk urinishini amalga oshirdi va 5.92 m natijani ko'rsatdi
5:50. Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. O'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid onlayn matnli translyaciyamizni boshlaymiz.
1 avgust kuni Olimpiadada qatnashadigan o'zbekistonlik sportchilar:
5:50 - Engil atletika: Darya Reznichenko (Uzunlikka sakrash)
7:05 - Yunon-rum kurashi: Elmurat Tasmuradov
7:20 - Yunon-rum kurashi: Mo'minjon Abdullaev
9:05 - Boks: Bahodir Jalolov
15:50 - Og'ir atletika: Kumushxon Fayzullaeva
Soatlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan
Fikrlar