18 dek 07:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Elnur Abduraimov: "Dastlabki raundlarda biroz qiyinchilikka uchradim"
Bokschimiz Elnur Abduraimov bugungi g'alabasidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu Olimpiadadan keyingi ilk jangim bo'ldi. Tokiodagi Olimpiya o'yinlaridan so'ng ancha vaqt tanaffus bo'ldi. Barcha ko'rdi, dastlabki raundlarda biroz qiyinchilikka uchradim. Raqibning himoyasi ham mustahkam edi. Jang cho'zilishini bilardim. 6-raundga kelib barcha o'ylagan rejalarim amalga oshdi.
Toshkentda jang o'tkazish menga ortiqcha bosim bermaydi. Aksincha, muxlislarim, yurtdoshlarim ko'z o'ngida yanada kuchli bo'laman.
G'alabamini ota-onamga va xalqimga bag'ishlayman",-dedi Elnur Abduraimov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar