08 may 06:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Elnur Abduraimov kubalik bokschini muddatidan oldin mag'lub etdi
Professional bokschimiz Elnur Abduraimov AQSHda navbatdagi jangni o'tkazdi.
Ushbu jangda bokschimizga kubalik Manuel Korrea raqiblik qildi. 8 raundga mo'ljallangan jang 2-raundda o'z nihoyasiga etdi. Elnur Abduraimov raqibini nokaut evaziga mag'lub etdi. Nokautga qadar Elnur raqibini bir necha marotaba nokdaun holatiga ham solib qo'ygandi.
SHu tariqa, Elnur Abduraimov navbatdagi jangida ham muddatidan oldin g'alaba qozondi. Korrea esa faoliyatidagi ilk mag'luiyatni qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar