20 jan 08:02
Yangiliklar

Elnur Abduraimovning navbatdagi jangi qachon va qaerda bo'lishi malum
Ikkinchi yarimengil vaznda o'zbekistonlik professional boks ustasi Elnur Abduraimovning (10-0, 9KO) navbatdagi jangi bo'yicha tafsilotlar malum bo'ldi.
Unga ko'ra, Abduraimov 25 fevral kuni Meksikada tashkil etilayotgan boks oqshomida ishtirok etadi. 10 raund etib belgilangan jangda Elnur o'ziga tegishli IBF SHimoliy Amerika mintaqaviy kamarini himoya qiladi. Bokschimizga navbatdagi himoya jangida kim raqiblik qilishi hozircha malum emas.
Malumot uchun, Elnur Abduraimov so'nggi bor 2022 yil 28 iyul kuni Kaliforniya (AQSH)da tashkil etilgan boks oqshomi doirasida meksikalik Leonel Morenoga (2-1-1) qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan. Elnur Abduraimov navbatdagi jangini 17 dekabr sanasida Kristian Belma (19-5-2)ga qarshi o'tkazishi lozim edi, biroq jangga bir kun qolganida Kristian jarohat olib, jang bekor bo'lgan edi.
Fikrlar