06 may 09:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Elnur Abduraimovning prof boksdagi debyut jangi sanasi malum
Tez orada yana bir charm qo'lqop ustamiz AQSHda o'zining professional boksdagi faoliyatini boshlaydi.
Aslida jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni bo'lgan Abduraimov 20 aprel kuni AQSHda professional boksdagi ilk jangini o'tkazishi kerak edi. Lekin raqib topilmagani sababli jang bekor bo'lgandi.
Bokschimizning murabbiyi Ravshan Xodjaevning saytimizga bergan xabariga ko'ra, Elnur 18 may kuni Nyu-York shahrida ringga ko'tariladi. Hozircha raqib nomi malum emas. Yaqin kunlarda bunga oydinlik kiritiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar