03 iyu 23:32
Yangiliklar
![](/upload/storage/225554_220.jpg)
"Elorda kubogi". Yigitlarimizda 3 ta, qizlarimizda esa 4 ta final!
Bugun musobaqa doirasida yarim final bahslari yakuniga etdi.
Erkaklar o'rtasidagi bahslarda Asilbek Jalilov Hindiston, Saidjamshid Jafarov va Lazizbek Mullojonov Qozog'iston vakillarini mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi.
SHahzod Muzaffarov, Adhamjon Muhiddinov, Dilshod Abdumurodov, Mujibillo Tursunov va Jahongir Zokirov afsuski yarim finalda imkoniyatni boy berib, bronza medali bilan yurtimizga qaytadigan bo'ldi.
Qizlar o'rtasidagi bellashuvlarda esa Sabina Boboqulova, Nigina O'ktamova va Sitora Turdibekova yarim finalda g'alabaga erishdi. Kecha Feruza Kazakova ham final yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.
Ertaga o'tkaziladigan final bahslarida 7 nafar bokschimiz ringga ko'tariladi:
-48 kg: Asilbek Jalilov - Temirtas Jussupov (Qozog'iston)
-75 kg: Saidjamshid Jaffarov - Felesiano Martines (Kuba)
+92 kg: Lazizbek Mullojonov - Damir Toibay (Qozog'iston)
Ayollar:
-50 kg: Sabina Boboqulova - Namiki Cukimi (Yaponiya)
-52 kg: Feruza Kazakova - Jana SHekerbekova (Qozog'iston)
-54 kg: Nigina O'ktamova - Boro Jamuna (Hindiston)
-57 kg: Sitora Turdibekova - Karina Ibragimova (Qozog'iston)
Fikrlar