08 may 20:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Emelyanenko o'zi revansh o'tkazishni istaydigan jangchi nomini aytdi
Rossiyalik aralash yakkakurashlar ustasi Aleksandr Emelyanenko Braziliya vakili Marsio Santos bilan revansh jangini o'tkazishni istaydi.
"Santos bilan revansh o'tkazishim kerak", - deb yozgan Aleksandr ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Emelyanenko va Santos o'rtasidagi dastlabki jang o'tgan yilning noyabr oyida bo'lib o'tgan. Jang ilk raunddayoq Santosning g'alabasi bilan yakunlangan. Bu rossiyalik jangchining faoliyatidagi 9-mag'lubiyati, Marsioning esa 17-g'alabasi bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar