06 apr 16:01
Yangiliklar
Boks/MMA
"Endi bu bilan shug'ullanishni istamayman" - CHisora faoliyatini yakunlaganini tasdiqladi
Superog'ir vaznli bokschi Derek CHisora Deontey Uaylderga qarshi jangdagi mag'lubiyatidan so'ng faoliyatini yakunlaganini bildirdi.
"Balkim, boksda boshqa ish bilan shug'ullanarman… Rostini aytsam, charchadim, endi bu ish bilan shug'ullana olmayman. Qachonki hammasi tugaganini his qilsang — demak, tugadi. Menda ajoyib karera bo'ldi", — dedi CHisora matbuot anjumanida.
42 yoshli CHisora professional ringda 2008 yilda debyut qilgan. Uning hisobida 36 ta g'alaba (23 tasi nokaut) va 14 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar