07 okt 17:30
Yangiliklar
Boks/MMA
CHisora faoliyatini yakunlamaydi, u dekabr oyida ringga qaytadi
Britaniyalik bokschi Derek CHisora faoliyatini yakunlamasligini va dekabr oyida yana ringga chiqishini malum qildi.
42 yoshli CHisora aprel oyida Deontey Uaylderga qarshi jangda mag'lub bo'lgandi. Ushbu bahs uning professional faoliyatidagi 50-jangi va so'nggi jangi sifatida taqdim etilgan edi.
Biroq CHisora keyinchalik faoliyatini yakunlaganini tasdiqlamadi. Seshanba kuni o'tkazilgan matbuot anjumanida u dekabr oyida Murat Gassievga qarshi jang qilishini aytdi.
«Dekabrda men Gassievga qarshi jang qilaman. Jang London yoki Manchesterda o'tkaziladi. Menimcha, ikki kamar — IBA kamari va Gassiev egalik qilayotgan kamar o'rtaga qo'yiladi», — deydi CHisora.
Uning so'zlariga ko'ra, jangning aniq manzili hali belgilanmagan.
Havola :
Manba : bbc.com
Fikrlar