03 noy 13:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Endi havaskor boksda yutqazgan tomon shikoyat qilishi mumkin, faqat...
Xalqaro havaskor boks federaciyasi yana bir o'zgarishni malum qildi.
Unga ko'ra, jangda mag'lub bo'lgan tomon endi shikoyat qilishi mumkin. Bu haqida tashkilotning texnik qo'mitasi rahbari Pet Fiako aytib o'tdi.
"Jiddiy qoidalar bo'ladi. Jangdan so'ng 15 daqiqa ichida shikoyatlar qabul qilinadi.
Musobaqa davomida har bir terma jamoada ikkita bunday imkoniyat bo'ladi. Arizalarning har biri 1000 dollar bo'ladi. Agar protest qabul qilinsa, terma jamoaga 500 dollar qaytarib beriladi va avvalgidek ikkita protest uchun imkoniyat saqlanib qoladi. Agar javob ijobiy bo'lmasa jamoa 1000 dollar yo'qotadi va protest uchun yana bitta imkoniyat qoladi", - dedi Fiako.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar