10 okt 16:06
Yangiliklar
Endigi bekat - Abu-Dabi! Dzyudochilarimiz "Katta Dubulg'a" turnirida qatnashishadi
Ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham deyarli to'liq tarkibda ishtirok etadi. Aniqrog'i, erkaklar terma jamoasi to'liq, ayollar esa uchta vazn toifasida turnir medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishadi.
Malumot uchun, Abu-Dabi turniri g'oliblari o'z hisoblariga 1000 reyting ochkosini qo'shib qo'yishadi. Kumush medal sohiblari 700, bronza medal egalari esa 500 reyting ochkosiga ega bo'lishadi.
Terma jamoa tarkibi:
Erkaklar:
-60 kg: SHarofiddin Lutfullaev, Diyorbek O'razboev
-66 kg: Sardor Nurillaev, SHahram Ahadov
-73 kg: Hikmatilloh To'raev
-81 kg: SHarofiddin Boltaboev, Kamoliddin Rasulov
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov, SHerali Jo'raev
+100 kg: Alisher Yusupov, Bekmurod Oltiboev
Ayollar:
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Nodira Yo'ldosheva
Zaxiradagilar:
-60 kg: Kemran Nurillaev
-90 kg: SHahzodbek Sobirov
-48 kg: Sita Qadamboeva
-63 kg: Farangiz Xolmurodova
Fikrlar