10 dek 21:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Eng og'ir vaznli bokschimiz Arman Maxanov kubalik raqibini mag'lubiyatga uchratdi
Dubayda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi IBA Jahon chempionati o'tkazilmoqda.
Musobaqada superog'ir vazn toifasida (+92 kg) yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Arman Maxanov chorak finalda kubalik Arzola Lopesga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq davom etdi unda bokschimiz 5:0 hisobida g'alabaga erishib, yarim finalga yo'l oldi.
Malumot uchun, Maxanov bungacha musobaqa doirasida IBA Pro jamoasi azosini, shuningdek Belarus vakilini mag'lubiyatga uchratgandi.
Bokschimizning navbatdagi raqibi Qozog'iston yoki Armaniston vakili bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar