28 okt 09:41
Yangiliklar

Eng yosh UFC jangchisi raqamlangan turnirda debyut qiladi + POSTER
17 yoshida UFC bilan shartnoma imzolagan Rosas promoushen tarixidagi eng yosh jangchiga aylangan edi. Hali 18 yoshga to'lmagani uchun ota-onasining roziligi yozma tarzda olingandi. Endi Raul Junior 10 dekabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan UFC 282 turnirida tashkilotdagi ilk jangini o'tkazadi.
Uning raqibi amerikalik 29 yoshli Jey Perrin bo'ladi. Perrin MMAdagi faoliyati davomida 10 g'alaba va 6 mag'lubiyat qayd etgan. UFC "qafasi"da o'tkazgan har ikki jangida ham mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Raqibidan 12 yoshga kichik bo'lgan Rosas esa 6 ta jangining barchasida zafar quchgan.
Eslatib o'tamiz, Raul Rosas Junior Dana White’s Contender Series turnirida Mando Guterresni mag'lubiyatga uchratganidan keyin UFC promousheni bilan shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar