02 may 10:55
Yangiliklar
Engil atletika
Engil atletika: Hamyurtlarimiz Osiyo chempionatida 12 ta medal qo'lga kiritishdi
Poytaxtimiz mezbonlik qilgan engil atletika bo'yicha U18 yosh toifasidagi qita birinchiligi o'z nihoyasiga etdi.
4 kun davom etgan musobaqada qitamizning 40 ga yaqin mamlakatidan 500 nafar sportchi g'oliblik uchun bahs olib bordi.
CHempionatning so'nggi kunida qizlar o'rtasida 2000 metrga stipl-chez yugurishida Mahliyo Muhammadjonova 7:10.49 daqiqa bilan marraga birinchi bo'lib etib keldi va jamoamizga uchinchi oltin medalni taqdim qildi. Etti kurash bahslarida 4739 ochko jamg'argan Anna CHikalova hamda disk uloqtirish sektorida roppa-rosa 54 metr natija qayd etgan Abduaziz Rahmatullaev bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
SHu tariqa, murosasiz bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasi vakillari 3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza, jami 12 ta medalni qo'lga kiritishdi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar