13 iyu 12:18
Yangiliklar
Engil atletika
Engil atletika. Suhrob Xodjaev delegaciyamizga Osiyo chempionatidagi ilk medalni taqdim etdi
Tailandda o'tayotgan engil atletika bo'yicha Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi birinchi medalni qo'lga kiritdi.
Quvonarlisi, erkaklar o'rtasida bosqon uloqtirish dasturida ishtirok etgan Suhrob Xodjaev kumush medalga sazovor bo'ldi.
Hamyurtimizning ikkinchi urinishda qayd etgan 71.83 metr natijasi unga qita chempionatining kumush medalini keltirdi. Birinchi o'rin xitoylik Van Siga nasib etgan bo'lsa, yaponiyalik SHota Fukuda kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar