18 mar 13:03
Yangiliklar
Engil atletika
Engil atletikachilarimiz Belekda shug'ullanishmoqda
Engil atletika bo'yicha O'zbekiston milliy va yoshlar terma jamoalari ayni kunlarda Turkiyaning Belek shahrida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida bo'lib turibdi.
10 mart kuni boshlangan yig'in 3 aprelga qadar davom etadi. Mashg'ulotlarga O'zbeksiton U20 jamoasidan 13, kattalar tarkibidan 14 nafar sportchi jalb etilgan.
Yoshlarimiz yig'in orqali aprel oyida BAAda o'tadigan qita birinchiligiga hozirlik ko'rishmoqda. Asosiy tarkib esa Parij-2024 saralash bosqichi doirasidagi xalqaro musobaqalarga tayyorlanyapti.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar