01 okt 11:50
Yangiliklar
Engil atletikachimiz “Almaty Marathon”da sovrindor bo'ldi
Dunyoning 50 ta davlatidan 15 600 nafar engil atletikachi qatnashgan marafon bahslarida terma jamoamiz azolaridan Bekzod Boymatov belgilangan masofani 2:21:48 vaqtda bosib o'tib, 2-o'rinni egalladi. Ushbu yo'nalishda ishtirok etgan Zikrullo Mamatqulov (2:39:01) sakkizinchi o'rindan joy oldi.
Musobaqaning yarim marafon poygalarida o'z omadini sinab ko'rgan hamyurtlarimizdan Baxtiyor O'tkirov oltinchi, Nodirbek Mutalipov ettinchi, Otabek Toshquvvatov o'ninchi qatorda bahsni yakunlagan bo'lsa, ayollar o'rtasidagi yarim marafonda Azizaxon Mirzakbarova 4-o'rinni band etdi.
Ayollar o'rtasidagi bahslarda qatnashgan terma jamoamiz azosi SHirin Yusupova (3:50:44) 14-o'rin bilan kifoyalandi. 10 kilometrga mo'ljallangan poygada hamyurtlarimizdan Maksim Kozachok 34:07 vaqt ko'rsatkichi bilan oltinchi, Oybek Mamatkomilov esa 34:47 natija qayd etib, 9-o'rinni egalladi.
Fikrlar