19 avg 17:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Engilmas Itauma Usikka "vyzov" tashladi
Britaniyalik 20 yoshli Mozes Itauma shanba oqshomida tajribali vatandoshi, sobiq vaqtinchalik WBC chempioni 37 yoshli Dillian Uaytni birinchi raunddayoq nokautga uchratib, WBO Inter-Continental va WBA International kamarlarini qo'lga kiritgandi.
Itauma ushbu muvaffaqiyatli ishtirokidan keyin divizionning mutlaq chempioni ukrainalik Aleksandr Usikka qarshi jang qilish istagini bildirdi.
"Navbatdagi qadam? To'g'risini aytsam, kimni ro'paramga qo'yishsa, o'sha bilan jang qilishga tayyorman. Rostgo'ylikni oxirigacha davom ettiradigan bo'lsam, Jozef Parker va Agit Kabayel chindan ham Aleksandr Usik bilan jang qilishga haqlilar. Lekin men ham o'z imkoniyatimdan foydalanib ko'rgan bo'lardim. Usikni menga raqib sifatida bering!", — deya Itaumaning so'zlarini keltiradi Sky Sports nashri.
Havola :
Fikrlar